Har gal, kelsam yuzma-yuz,
Tushganida ko‘zga-ko‘z,
Qo‘ygil meni tinch, deysan,
Yo‘llarimdan qoch, deysan.
Yo‘q-yo‘q!
Har gal, kelsam yuzma-yuz,
Tushganida ko‘zga-ko‘z,
Qo‘ygil meni tinch, deysan,
Yo‘llarimdan qoch, deysan.
Yo‘q-yo‘q!
Dilafruz, dilafruzim,
Qayoqda edi ko‘zim?
Gulday qiz bo‘lganingni,
Sezmay qolibman — afsus.
Dilafruz, dilafruzim,
Qayoqda edi ko‘zim?
Gulday qiz bo‘lganingni,
Sezmay qolibman — afsus.
Yo‘lda duch kelganim ham,
Meni ko‘nglim olgan ham,
Shu kunlarga solgan ham,
Jonginam, yolg‘izimsan — sen-sen.
Yo‘lda duch kelganim ham,
Meni ko‘nglim olgan ham,
Shu kunlarga solgan ham,
Jonginam, yolg‘izimsan — sen-sen.
Dilafruz, dilafruzim,
Qayoqda edi ko‘zim?
Gulday qiz bo‘lganingni,
Sezmay qolibman — afsus.
Dilafruz, dilafruzim,
Qayoqda edi ko‘zim?
Shunday qiz bo‘lganingni,
Sezmay qolibman — afsus.
Dilafruz, dilafruzim,
Qayoqda edi ko‘zim?
Gulday qiz bo‘lganingni...
Dilafruz, dilafruzim,
Qayoqda edi ko‘zim?
Shunday qiz bo‘lganingni...
Afsus!