Bir go'zalning jamoli qildi mahliyo,
Uzun ko'ylak ro'moli qildi mahliyo.
O'tib ketdi yonimda bir boqib qiyo,
Qora qoshli tojik qizi biyo-biyo.
Jigarimdan urdi pari bitta boqib,
O'qlarini otdi kamon qoshin qoqib.
Yuragimni kabob qildi o'tda yoqib,
Qora qoshli tojik qizi biyo-biyo.
Biyo-biyo, biyo-biyo,
Rozi bo'ling, otangizga bo'lay kiyov.
Biyo-biyo, biyo-biyo,
Tojik qizi hop deyishi qiyin-mi - yo?
Inja biyo desam imo-ishorada,
Qovoqlarini o'yib oldi shu orada.
Qasdi bormi ekan men sho'x bolada
Qora qoshli tojik qizi biyo-biyo.
Ayting unga roziman men shartlariga,
Yurtinggizni go'zal urf-odatlariga.
Issiq-sovuq turli haroratlariga,
Qora qoshli tojik qizi biyo-biyo.
Yo'q desangiz dunyo qorong'u zim-ziyo!
Biyo-biyo, biyo-biyo,
Rozi bo'ling, otangizga bo'lay kiyov.
Biyo-biyo, biyo-biyo,
Tojik qizi hop deyishi qiyin-mi - yo?
Biyo-biyo, biyo-biyo,
Rozi bo'ling, otangizga bo'lay kiyov.
Biyo-biyo, biyo-biyo,
Ko'ngilingizni sirin bilish qiyin-mi yo?
Biyo-biyo, biyo-biyo,
Rozi bo'ling, otangizga bo'lay kiyov.
Biyo-biyo, biyo-biyo,
Tojik qizi hop deyishi qiyin-mi - yo?