Sizga she'rmas, yurakdagi xasratlarim o'qib beray,
Hayotimga, o'xshab ketgan, g'amgin ertak to'qib beray.
Tabassumim-ga, ishonmang, dardga to'la ko'ngil xona,
Shom-u-sahar, duo qilib, yig'lar edi mening onam.
Shom-u-sahar, duo qilib, yig'lar edi mening onam.
Onam, onam, yig'lar edi, mening onam.
Onam, onam, o'ksib-o'ksib yig'lagan onam.
O'zi, nurab, ado bo'lgan,
O'zi kulib turar edi,
O'choq boshida yem-tikib,
Shirin xayol surar edi.
Yaratgandan o'ziga-mas,
Bizlarga baxt so'rar edi.
Tabassumim-ga, ishonmang, g'amga to'la ko'ngil xonam,
Shom-u-sahar, baxtli bo'l deb yig'lar edi, mening onam.
Baxtimga sen, baxtli bo'l deb, yig'lar edi, mening onam.
Onam, onam, yig'lar edi, mening onam.
Onam, onam, yig'lar edi, mening onam.
(Dialogli she'riy qismi)
Onalikda zor qahshagan,
Onalikda zor qahshagan,
Bir ayolni bilarman,
Onam ko'nglini g'ashlagan dil-ozorni bilarman.
Jonim onam, shirin lolam,
Shakar bolim, asalim,
Hech o'kinma yoningdaman, yolg'on emas so'zlarim.
Boshimizga tushgan kunlar, o'zga boshga tushmasin,
Yolgon gapi yomonlardan,
Alloh o'zi asrasin.
Farzandlaringga hayot yo'lin ko'rsatganlar bor bo'lsin,
Dil so'zimni tinglab-tinglab, mehribonim yig'lamang.
Netay do'stim, netay yorim, yosh boshimda shuncha tashvish shuncha g'am,
Istagim shu onalarning ko'zlari bo'lmasin nam.
Sog'inmang siz qaro yerni, qumsamang siz qaro yerni,
Yer ham to'lgan tog'u toshdan,
Farzandingiz "Alisher" ko'zi to'lgan g'am yoshiga.
Ey jonim onam, mehribonim shakari bolim asalim,
Hech o'kinma, qo'y yig'lama yolg'on emas so'zlarim,
yolg'on emas so'zlarim.
Sizga she'rmas, yurakdagi xasratlarim o'qib beray,
Hayotimga, o'xshab ketgan, g'amgin ertak to'qib beray.
Tabassumim-ga, inonmang g'amga to'la ko'ngil xonam,
Baxtimga sen, baxtli bo'l deb, yig'lar edi, mening onam.
Onam, onam, yig'lar edi, mening onam.
Onam, onam, o'ksib-o'ksib yig'lar onam.
Baxtin ko'rib yig'lar onam,
Qo'y yig'lama endi onam...