Bir kun tushsam, bir xush ovoz
Olib qo'ydi borim mani
U poyezdmi yo paravoz
Ayting metro xonimlari
Qayergadir bekinvolib,
Pichirlaydi yorim mani.
Xayolimni qo'ydi olib,
Toshkent metro xonimlari.
Bir kun tushsam, bir xush ovoz
Olib qo'ydi borim mani
U poyezdmi yo paravoz
Ayting metro xonimlari
Qayergadir bekinvolib,
Pichirlaydi yorim mani.
Xayolimni qo'ydi olib,
Toshkent metro xonimlari.
Visoliga yetolmayin,
Qaynar dilda qonim mani.
Ko'rinmaysiz yo atayin,
Toshkent metro xonimlari.
Ogoh qilib g'amim yeydi,
Har tushganda jonim mani.
Amir Temur, Pushkin deydi:
Toshkent metro xonimlari.
Bir kun tushsam, bir xush ovoz
Olib qo'ydi borim mani
U poyezdmi yo paravoz
Ayting metro xonimlari
Qayergadir bekinvolib,
Pichirlaydi yorim mani.
Xayolimni qo'ydi olib,
Toshkent metro xonimlari.
Ovozingiz yoqsa netay,
Kunda ming bor tushkim kelar.
Uni jondan sevishimni,
Ahir ular qaydan bilar.
Xayolimni tortib oldi,
O'ylar har bir onim mani.
Ishqingizda yuragim lol,
Toshkent metro xonimlari.
Mo'jaz-u, mo'jiza,
Ham mana shu dargoh.
Eshiklar yopilar,
Bo'ling siz ogoh.
Bir zumda, yaqin etib masofalarni,
Ulg'aytirgan bu metro qancha talabalarni.
Har bekat nomlari - O'zgacha nomda,
Sayohat qilasan - bitta maromda.
Kelib ko'r, tushib ko'r,
Aylangin bir ro'l.
Dunyoda yagona,
Ha "Toshkent metro".
Bir kun tushsam, bir xush ovoz
Olib qo'ydi borim mani
U poyezdmi yo paravoz
Ayting metro xonimlari
Qayergadir bekinvolib,
Pichirlaydi yorim mani.
Xayolimni qo'ydi olib,
Toshkent metro xonimlari.