Yorga o'qilar nikoh,
Kun, botguncha.
Turing yangalar ogoh,
Tong otguncha.
Yor barini biladi,
Go'shankaga kiradi.
Nima bo'lsa, bo'ladi,
Tong otguncha.
Yurak kuyar jiz emas,
Nafratim bor, his emas.
Endi sevganim emas,
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Qani vafo qani or?
Keng dunyo ko'zimga tor.
Gapiradi 4 devor,
Tong otguncha.
Bu qandayin on bo'ldi?
Kuygan ruh bo'la jon bo'ldi.
Butun borliq qon bo'ldi,
Tong otguncha.
Qo'shni bo'lmasam edi?
To'yin ko'rmasam edi?
O'lib qolmasam edi?
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Ishqni nega qarg'ayman?
Ovutaman, aldayman.
Ayting qanday yashayman?
Tong otguncha.
Yuragimga o't solib,
Ketdi jonimni olib.
Yig'ladim yolg'iz qolib,
Tong otguncha.
Bugun o'qildi nikoh,
To'y bo'ldi kun botguncha.
Ko'kka qadaldi nigoh,
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Yuragimga o't solib,
Ketdi jonimni olib.
Yig'ladim yolg'iz qolib,
Tong otguncha.
Bugun o'qildi nikoh,
To'y bo'ldi kun botguncha.
Ko'kka qadaldi nigoh,
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Tong otguncha.
Tong otguncha.