Mening baxt mevalarim,
Pishdi desam — xom bo‘ldi.
Suyganim menga emas,
Mol-dunyoga rom bo‘ldi.
Bizning sevgi qissamiz,
Boshlanmay tamom bo‘ldi.
Ishq o‘yinin o‘ynadik,
Boshidan g‘irrom bo‘ldi.
O‘sma edi qoshida,
Sharsharalar sochida.
Boshqacha edi boshida,
So‘zlarim qiyom bo‘ldi.
Menga umid qoldirib,
Qop-qop sovg‘a oldirib,
Yarim yo‘lda qoldirib,
Topganing birov bo‘ldi.
Yarim yo‘lda qoldirib,
Topganing birov bo‘ldi.
Kutaverib ko‘changda,
Kunduzim ham shom bo‘ldi.
Qolib ketdi ishlarim,
Chala bitgan tom bo‘ldi.
Senga borim bersam ham,
Baribir senga kam bo‘ldi.
To‘ying kuni hamma shod,
Faqat menga g‘am bo‘ldi.
Shartmidi shuncha aldash,
Qalbda quyoshdek porlash,
Yurakda bo‘ldi portlash,
Zarbi bir atom bo‘ldi.
Mening baxt mevalarim,
Pishdi desam — xom bo‘ldi.
Suyganim menga emas,
Tillolarga rom bo‘ldi.
Bizning sevgi qissamiz,
Boshlanmay tamom bo‘ldi…