Oy ruxsorli malagim,
Mening yoniq yuragim.
Noz etma, firoq etma,
O‘zingsan eng keragim.
Go‘zal, Dilbar, Dildorim,
Oy malagim Gulsora.
Go‘zal, Dilbar, Dildorim,
Oy malagim Gulsora.
Soching o‘ynab sabolar,
Qilur, jabr-u jafolar.
Zabun xolimni ko‘rib,
Kularlar Dilrabolar.
Tonglarda muzlab keldim,
Bir seni izlab keldim.
Tonglarda muzlab keldim,
Bir seni izlab keldim.
Qo‘ygin endi nozingni,
Chalgin sevgi sozingni!
Yuzing burmay bir-bora,
Tinglagin, dilrozim.
Ko‘zim hijron tog‘ida,
Kuydim ishqing dog‘ida.
Kuz kirib sarg‘ayib,
Sensiz misol bog‘ida.
Sayribog‘ aylab keldim,
Bir seni izlab keldim.
Sayribog‘ aylab keldim,
Bir seni izlab keldim.