Lola Ahmedova Siz Yoqqansiz (Jonli Ijro) Ожидает модерации

00:00 / 04:11
Loading
Скачать
0
6
Тональность
0.0
+
Темп, %
0.0
+
Свойства файла: 9,5 Мб 320 кбит/с
Загружено: Ozodbek Mirzayev @ 26.08.25
  
Siz yoqqansiz menga hamisha,
Faqat buni etmovdim oshkor.
Oʻylovdimki, yurak topishar
Bizdan ketgach sabru ixtiyor.
 
O, men sizni qanchalar kutdim,
Mana oq soch, mana bu ajin.
Kunlarimni turtqilab yutdi
Shum yolgʻizlik, farishta vaji.

Ortingizdan ketishim mumkin,
Yoʻl tugasa, yoʻlsiz tentirab.
Ammo, ayting, yigʻlaysiz nechun,
Manglayingiz devorga tirab?
 
O, hech sizga yetmasin ozor,
Tushunaman, yillar andisha.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.

Oʻylovdimki, yurak topishar
Bizdan ketgach sabru ixtiyor.
Faqat sizga etmovdim oshkor –
Siz yoqqansiz menga hamisha.
 
Siz yoqqansiz menga hamisha…
Текст добавлен: Ozodbek Mirzayev