Seni birinchi bor ko`rganimda
Ko`zlaringdan nur yog`ilardi go`yo,
Farishta misol beg`ubor
jilovlanding ko`z oldimda.
Bu kipriklar, bu lablar,
Hech kimda yo`q tabassum
Meni o`ziga bir umr sehrlab qo`ydi.
Sen esa menga qarab turarding.
Sehrli ko`zlar,
Betakror bu kipriklar,
Yuragim qiynar.
Sening nigohing
Tanam uzra hayajon
Shu on yana uyg`otar.
Bu yellar
atring yellaydi,
Bu yo`llar
senga chorlaydi,
Qalbim bir so`zni takrorlar:
Seni sevaman
bor vujudim bilan,
Seni sevaman,
sevaman chin dildan,
Hijrondan tinmasman,
O`zimga sig`masman,
Yolg`izim seni sevaman,
Sevaman.
O`shanda men angladim –
Sen men bir umr qidirgan, orzu qilgan
Ertaklardagi malikamsan.
Vujudim to`zon
Sening bir nigohingdan,
Qarashingdan.
Shirin kulgular,
Bunchalar yoqimlisan,
Beg`uborsan?
Ayt, ayt, nega yana, ayt,
Ko`rganimda seni yuragimda
hayajon shu payt?
Sen, sen yana qarab turasan,
Nigohingla meni yuragimga olov solasan.
Nozik qo`lchalaringdan,
mayin bu sochlaringdan,
Kulganingda jilovlangan
shirin kulgichlarindan,
Naqadar beg`uborimsan, ayt?
Lablaring
gulga o`xshaydi,
Vaslingdan
oy uyaladi,
Ko`zlarim hech senga to`ymaydi.
Seni sevaman
bor vujudim bilan,
Seni sevaman,
sevaman chin dildan,
Hijrondan tinmasman,
O`zimga sig`masman,
Yolg`izim seni sevaman.
Seni sevaman,
seni sevaman,
Seni sevaman,
baribir sevaman,
Sevaman.