Ishqim pinhon, etmadim oshkor,
Asrab keldim, ko'nglim sirida.
Duch kelganki, sen bilan ilk bor,
Dekabrning 31 da.
O'sha kundan, bu yurak xasta,
Sog'inchlar-u, azoblar dasta.
Ketgan eding, so'z demay asta,
Dekabrning 31 da.
Shundan beri, oromim so'nib,
Esga olsam, dil ketar to'lib.
Bo'lgan ekan, bo'larim-bo'lib,
Dekabrning 31 da.
Ko'ngil derdi: Gulyuzidan o'p,
Yorning sendek oshiqlari ko'p,
Eslaysanmi, qor yoqqandi ho'p,
Dekabrning 31 da.
Shundan beri, oromim so'nib,
Esga olsam, dil ketar to'lib.
Bo'lgan ekan, bo'larim-bo'lib,
Dekabrning 31 da.
Yillar o'tdi, aytib alvido,
Seni mendan aylablar judo.
So'rasang "jon" etardim fido,
Dekabrning 31 da.
Sochimga oq, qo'ngan payt mana,
20 yil, sen yodli sana.
Ajib qismat, uchrashdik yana,
Dekabrning 31 da.
Shundan beri, oromim so'nib,
Esga olsam, dil ketar to'lib.
Bo'lgan ekan, bo'larim-bo'lib,
Dekabrning 31 da.
Endi men "yot", sen menga "birov",
Ulg'ayganmiz sochimiz qirov.
To'yib boqay, hech qursa birov,
Dekabrning 31 da.
Shundan beri, oromim so'nib,
Esga olsam, dil ketar to'lib.
Bo'lgan ekan, bo'larim-bo'lib,
Dekabrning 31 da.